BOLALAR ADABIYOTI NAMUNALARI VOSITASIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING ESTETIK DIDINI TARBIYALASHNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK TAVSIFI

  • Ilyasova Dilshoda Akmal qizi — Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti doktoranti
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari 2026-yil 8-son
Sahifalar
175-182
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.22106414

Annotatsiya

Maqolada bolalar adabiyoti asarlari vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining estetik didini tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik xususiyatlari yoritilgan. Ertaklar, hikoyalar, she’rlar, masallar hamda xalq og‘zaki ijodi namunalarining o‘quvchilarda estetik idrok, ijodiy tafakkur, tasavvur va hissiy sohani rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olish, interfaol va ijodiy faoliyatni tashkil etish, shuningdek, estetik didni shakllantirish jarayonida oila va maktab hamkorligini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilgan. Bolalar adabiyoti asarlaridan maqsadli va tizimli foydalanish o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy, estetik va ijodiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslangan.

Kalit so‘zlar: bolalar adabiyoti, estetik did, estetik tarbiya, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, badiiy asar, ijodiy tafakkur, tasavvur, hissiy rivojlanish, oila va maktab hamkorligi, interfaol metodlar

PDF yuklab olish