BO‘LAJAK PEDAGOGLARDA KASBIY IDENTIKLIK SHAKLLANISHINI O‘RGANISHNING ZAMONAVIY METODOLOGIK YONDASHUVLARI

  • Axmedova Shaxzoda Axtamovna — Samarqand davlat universiteti tayanch doktoranti
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 7-soni
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.21645465

Annotatsiya

Maqolada bo‘lajak pedagoglarda kasbiy identiklikning shakllanishini o‘rganishga doir zamonaviy metodologik yondashuvlar nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatga asoslangan, ijtimoiy-psixologik va refleksiv-rivojlantiruvchi yondashuvlarning imkoniyatlari yoritiladi. Kasbiy identiklikni baholashda L.B. Shneyderning kasbiy identiklikni o‘rganish metodikasi, A.A. Azbel va A.G. Gretsovning kasbiy identiklik maqomlari so‘rovnomasi, B. Bassning shaxs yo‘nalganligini aniqlash metodikasi hamda sifat usullaridan foydalanish masalalari ko‘rib chiqiladi. Ushbu usullarni birgalikda qo‘llash bo‘lajak pedagogning kasbiy o‘zini anglashi, kasbga munosabati, motivatsiyasi va pedagogik hamjamiyatga mansublik hissini yaxlit baholash imkonini berishi asoslanadi.

Kalit so‘zlar: kasbiy identiklik, bo‘lajak pedagog, metodologik yondashuv, kasbiy o‘zini anglash, kasbiy identiklik maqomi, shaxs yo‘nalganligi, refleksiya, diagnostika

PDF yuklab olish