BO‘LAJAK LOGOPEDLARNING DUDUQLANUVCHI BOLALAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY-TARIXIY ASOSLARI

  • Mirkamilova Noilaxon Mirsardarovna — Nizomiy nomidagi O‘zMPU Talabalar amaliyoti bosh mutaxassisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 7-soni
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.21409093

Annotatsiya

Maqolada bo‘lajak logopedlarning duduqlanuvchi bolalar bilan korreksion-pedagogik ishlarni olib borish bo‘yicha kasbiy kompetentligini shakllantirishning nazariy va tarixiy asoslari tahlil qilingan. Duduqlanish nuqsonini o‘rganish va bartaraf etishning ilmgacha bo‘lgan davrdan tortib zamonaviy bosqichgacha bo‘lgan evolyutsiyasi, shuningdek pedagogika fanida “kasbiy kompetentlik” tushunchasining nazariy talqinlari yoritilgan. Tadqiqot asosida bo‘lajak logopedning duduqlanuvchi bolalar bilan ishlash bo‘yicha kasbiy kompetentligining beshta tarkibiy komponentidan iborat original tuzilmaviy modeli diagnostik-gnostik, korreksion-texnologik, kommunikativ-psixologik, konstruktiv-loyihaviy va reflektiv-baholovchi komponentlar - taklif etilgan. Tarixiy tajriba bilan zamonaviy kompetentsiyaviy yondashuv o‘rtasidagi uzviylik asoslab berilgan.

Kalit so‘zlar: duduqlanish, logopediya tarixi, kasbiy kompetentlik, bo‘lajak logoped, kompetentsiyaviy yondashuv, korreksion-pedagogik faoliyat, kompetentlik tarkibi

PDF yuklab olish