BO‘LAJAK ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARIDA PROFESSIONAL KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

  • Mallayeva Ozoda Bahromovna — O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasi “O'zbek tili va xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti, PhD
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari 2026-yil 6-son
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.20770291

Annotatsiya

Ushbu maqolada bo‘lajak ichki ishlar organlari xodimlarida professional kommunikativ kompetensiyani shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari tahlil qilinadi. Professional kommunikativ kompetensiyaning mazmun-mohiyati, uning kasbiy faoliyat samaradorligini ta’minlashdagi ahamiyati hamda kursantlarda muloqot madaniyati, nutqiy savodxonlik, kasbiy etika va kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik omillar yoritilgan. Shuningdek, ta’lim jarayonida interfaol metodlar, muammoli vaziyatlar, kasbiy yo‘naltirilgan topshiriqlar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijalari bo‘lajak ichki ishlar organlari xodimlarining professional kommunikativ kompetensiyasini samarali shakllantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar: professional kommunikativ kompetensiya, ichki ishlar organlari, kursant, kasbiy muloqot, pedagogik shart-sharoitlar, kommunikativ ko‘nikmalar, nutq madaniyati, interfaol metodlar, kasbiy kompetensiya

PDF yuklab olish