BO‘LAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY REFLEKSIYA MADANIYATI RIVOJLANISH DINAMIKASI: PEDAGOGIK EKSPERIMENT NATIJALARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada innovatsion ta’lim sharoitida bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy refleksiya madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan mualliflik pedagogik modeli va metodikasining amaliy samaradorligi tajriba-sinov ishlari natijalari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot 2024–2026-yillarda Urganch, Nukus va Buxoro davlat pedagogika institutlarida “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi talabalari ishtirokida uch bosqichda (aniqlash, shakllantirish, nazorat-umumlashtiruvchi) tashkil etildi. Tajriba-sinov ishlariga jami 320 nafar talaba jalb qilindi, ulardan 163 nafari tajriba, 157 nafari nazorat guruhini tashkil etdi. Talabalarning kasbiy refleksiya madaniyatini baholash uchun mualliflik integratsiyalashgan metodikasi (kasbiy motivatsiya so‘rovnomasi, professional identifikatsiya testi, refleksiya nazariyasi bo‘yicha test, pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish metodikasi, Gibbs refleksiv sikli bo‘yicha tahlil) qo‘llanildi.
Kalit so‘zlar: innovatsion ta’lim, kasbiy refleksiya madaniyati, bo‘lajak tarbiyachi, tajriba-sinov ishlari, pedagogik model, Gibbs refleksiv sikli, matematik-statistik tahlil