BO‘LAJAK SPORT PSIXOLOGLARINI TAYYORLASHDA TA’LIM MUHITI VA SHAXSIY RESURSLARNING INTEGRATSIYASI
Annotatsiya
Maqolada bo‘lajak sport psixologlarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda ta’lim muhiti va shaxsiy psixologik resurslarning o‘zaro bog‘liqligini nazariy aso-slash maqsad qilingan. Tadqiqot maqsadli tanlangan adabiyotlarning narrativ sharhi, tushunchaviy tahlil va konseptual modellashtirishga asoslangan. Pedagogik shart-sharoitlar sifatida o‘quv natijalari bilan baholashning muvofiqligi, nazariya va amaliyot integratsiyasi, superviziya hamda mazmunli qayta aloqa ajratildi. Kasbiy motivatsiya, identiklik va o‘zini o‘zi boshqarish shaxsiy resurslar sifatida, refleksiya hamda dalillarga tayangan qaror qabul qilish esa ularni faoliyatga bog‘lovchi ehtimoliy mexanizmlar sifatida talqin etildi. Maqsadli-tuzilmaviy, mazmuniy, rivojlantiruvchi va natijaviy bloklardan iborat konseptual model taklif qilindi. Modelni tayyorlovning uch bosqichida amalga oshirish hamda kasbiy hara-katlar asosida baholash yo‘llari tavsiflandi. Natijalar nazariy xususiyatga ega; de-terminantlarning sababiy ta’siri va model samaradorligi empirik tasdiqlanmagan. Mahalliy sharoitda konstruktlarni alohida o‘lchash, baholash vositalarini vali-datsiyalash va rivojlanish dinamikasini tekshirish tavsiya etiladi.
Kalit so‘zlar: bo‘lajak sport psixologi, kasbiy kompetentlik, ta’lim muhiti, shaxsiy resurslar, kasbiy motivatsiya, o‘zini o‘zi boshqarish, refleksiya, superviziya