BO‘LAJAK SPORT PSIXOLOGLARIDA KASBIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

  • Rasulov Zokir Pardayevich — O‘zbekiston davlat sport akademiyasi ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 11-soni
Sahifalar
239-247
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24125150

Annotatsiya

Ushbu maqolada bo‘lajak sport psixologlarida kasbiy kompetentlikni rivojlan-tirishning psixologik xususiyatlari, uning tarkibiy komponentlari hamda shakllan-ishiga ta’sir etuvchi individual-psixologik omillar tahlil qilingan. Xususan, kasbiy motivatsiya, kognitiv salohiyat, emotsional barqarorlik, kommunikativ qobiliyat, refleksiv yondashuv, stressga chidamlilik va kasbiy identifikatsiyaning mutaxassis tayyorgarligidagi o‘rni yoritilgan. Tadqiqotda bo‘lajak sport psixologlarining kasbiy kompetentligini baholashga qaratilgan psixodiagnostik metodikalar hamda matematik-statistik tahlil usullaridan foydalanilgan. Faktorli tahlil natijalari asosida kasbiy kompetentlikning rivojlanishida shaxsning emotsional-irodaviy, kommu-nikativ, ijtimoiy yetuklik va o‘zini boshqarish xususiyatlarining ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, sport psixologlarini kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirish, psixologik barqarorlikni rivojlantirish va refleksiv ko‘nikmalarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar: bo‘lajak sport psixologlari, kasbiy kompetentlik, kasbiy motivatsiya, emotsional barqarorlik, kommunikativ kompetensiya, refleksiya, stressga chidamlilik, kognitiv moslashuvchanlik, kasbiy identifikatsiya, psixodiagnostika

PDF yuklab olish