BO‘LAJAK SPORT PSIXOLOGLARIDA KASBIY KOMPETENTLIK RIVOJLANISHINING PSIXOLOGIK OMILLARI: FAKTORLI TAHLIL NATIJALARI

  • Rasulov Zokir Pardayevich — O‘zbekiston davlat sport akademiyasining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 9(1)-soni
Sahifalar
33-42
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.22912241

Annotatsiya

Sport psixologini kasbiy tayyorlashda nazariy bilimning o‘zi yetarli emas, mutaxassisning emotsional o‘zini boshqarishi, muloqot uslubi, mas’uliyatli qaror qabul qilishi, refleksivligi va kasbiy identifikatsiyasi amaliy faoliyat sifatiga bevosita daxldor. Ushbu maqolaning maqsadi bo‘lajak sport psixologlarida kasbiy kompetentlik rivojlanishiga aloqador individual-psixologik ko‘rsatkichlarning faktorli tuzilishini aniqlash va ularning kasbiy mazmunini talqin qilishdan iborat. Empirik dasturda psixodiagnostik so‘rovnomalardan foydalanilgan, mazkur maqolada R. Kettellning 16PF shaxs so‘rovnomasi hamda kasbiy ahamiyatli sifatlar ko‘rsatkichlari bo‘yicha olingan faktor matritsasi tahlil qilindi. Natijalar 14 ta psixologik ko‘rsatkichning 6 ta omil atrofida guruhlanishini ko‘rsatdi. Birinchi omilda emotsional-irodaviy o‘zini boshqarish, ikkinchisida kommunikativ faollik va mas’uliyatli mustaqillik, uchinchisida ijtimoiy yetuklik va xulqiy nazorat yetakchi mazmun kasb etdi. Keyingi omillarda zo‘riqishni boshqarish, faoliyat avtonomiyasi, safarbarlik, o‘ziga ishonch va psixologik mustaqillik ko‘rsatkichlari ajralib chiqdi. Olingan natijalar kasbiy kompetentlikni faqat bilim va ko‘nikmalar yig‘indisi sifatida emas, balki shaxsiy resurslar, refleksiya va amaliy tajriba bilan bog‘liq integrativ tuzilma sifatida ko‘rish zarurligini asoslaydi.

Kalit so‘zlar: bo‘lajak sport psixologlari, kasbiy kompetentlik, faktorli tahlil, emotsional barqarorlik, kommunikativ kompetensiya, refleksiya, kasbiy identifikatsiya, o‘zini nazorat qilish, stressga chidamlilik

PDF yuklab olish