BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING TANQIDIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA KOGNITIV ZIDDIYATLI (PROVOKATSION) O‘QITISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI

  • Karimova O‘g‘iloy Murot qizi — O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti doktoranti
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 10-soni
Sahifalar
309-316
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.23185230

Annotatsiya

Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimida bo‘lajak pedagoglarning tanqidiy tafakkurini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kognitiv ziddiyatli (provokatsion) o‘qitishning nazariy-metodologik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi talabalarda axborotni mustaqil tahlil qilish, qarama-qarshi fikrlarni aniqlash, dalillarni baholash va asoslangan xulosa chiqarish kompetensiyalarini shakllantirish zarurati bilan belgilanadi. Tadqiqotning nazariy asosini L. Festingerning kognitiv dissonans nazariyasi, J. Piaje tomonidan ishlab chiqilgan muvozanatlashuv nazariyasi hamda L.S. Vygotskiyning yaqin rivojlanish zonasi konsepsiyasi tashkil etadi. Maqolada ta’lim jarayonida intellektual jihatdan muammoli vaziyatlarni yaratish mexanizmlari tahlil qilinib, kognitiv ziddiyatli o‘qitishning to‘rt bosqichli konseptual modeli taklif etiladi. Mazkur model intellektual provokatsiya, kognitiv dissonans, pedagogik ko‘mak va mantiqiy sintez bosqichlarini qamrab oladi. Nazariy tahlil natijalari kognitiv ziddiyatlardan maqsadli foydalanish talabalarning bilish faolligini oshirish, analitik tafakkur, metakognitiv anglash, argumentatsiya va refleksiv baholash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar: tanqidiy tafakkur, kognitiv dissonans, provokatsion pedagogika, kognitiv ziddiyat, oliy ta’lim, bo‘lajak pedagog, yaqin rivojlanish zonasi, pedagogik texnologiya, intellektual provokatsiya

PDF yuklab olish