BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING RAQAMLI KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

  • Irisbayeva Maftuna To‘ychi qizi — Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Pedagogika” kafedrasi o‘qituvchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 9(2)-soni
Sahifalar
252-264
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.22958414

Annotatsiya

Mazkur maqolada bo‘lajak pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari hamda oliy pedagogik ta’lim jarayonida mazkur kompetensiyani shakllantirish metodikasini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Raqamli transformatsiya sharoitida pedagogdan faqat axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha texnik ko‘nikmalar emas, balki raqamli resurslarni pedagogik maqsadga muvofiq tanlash, ta’lim mazmunini raqamli muhitda loyihalash, elektron baholashni tashkil etish, raqamli kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yish, axborot xavfsizligi va raqamli etikaga rioya qilish hamda o‘zining raqamli pedagogik faoliyatini refleksiv baholash qobiliyati talab etilishi asoslangan. Tadqiqotda raqamli kompetensiya, raqamli savodxonlik va raqamli pedagogik kompetensiya tushunchalarining o‘zaro nisbati aniqlashtirilib, bo‘lajak pedagoglarning raqamli kompetensiyasi motivatsion-aksiologik, kognitiv, amaliy-faoliyatli va refleksiv-baholovchi komponentlarning birligi sifatida tavsiflangan.

Kalit so‘zlar: raqamli kompetensiya, bo‘lajak pedagog, raqamli pedagogika, raqamli ta’lim muhiti, pedagogik kompetensiya, raqamli resurs, elektron baholash, raqamli savodxonlik, kasbiy tayyorgarlik, refleksiya

PDF yuklab olish