BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING KASBIY SALOHIYATINI OSHIRISHDA GEYMIFIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI
Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan bo‘lajak pedagoglarning kasbiy salohiyati, kasbiy motivatsiyasi va pedagogik faoliyatga tayyorgarligini oshirishda geymifikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Raqamli ta’lim muhitida talabalarning bilish faolligini kuchaytirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatiga nisbatan ijobiy munosabatini shakllantirishda o‘yin mexanizmlarining ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan. Tadqiqotda umumiy pedagogika fanlarini o‘qitish jarayonida Quizizz, Mentimeter kabi raqamli platformalar, pedagogik keys-o‘yinlar, ball to‘plash, reyting va rag‘batlantirish mexanizmlaridan foydalanish metodikasi ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, nazorat va tajriba guruhlarida olib borilgan tajriba-sinov ishlari natijalari tahlil qilinib, geymifikatsiya elementlarining talabalarning kasbiy motivatsiyasi, bilimlarni o‘zlashtirish sifati va amaliy pedagogik ko‘nikmalariga ta’siri yoritilgan. Tadqiqot natijalari geymifikatsiya texnologiyalaridan maqsadli va tizimli foydalanish bo‘lajak pedagoglarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar: geymifikatsiya, o‘yinlashtirish, kasbiy salohiyat, kasbiy motivatsiya, bo‘lajak pedagog, raqamli ta’lim muhiti, pedagogik texnologiyalar, interfaol ta’lim, pedagogik keys, raqamli platformalar, kasbiy kompetensiya