BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING EKOLOGIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHDA YASHIRIN O‘QUV DASTURI VA EKOLOGIK TA’LIM MUHITINING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

  • Yo‘ldosheva Iqbol Bekbo‘lsin qizi — Urganch RANCH universiteti “Pedagogika va aniq fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 10(1)-soni
Sahifalar
181-191
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.23611356

Annotatsiya

Maqolada bo‘lajak pedagoglarning ekologik madaniyatini rivojlantirishda yashirin o‘quv dasturi va oliy ta’lim muassasasining ekologik ta’lim muhiti o‘rtasidagi bog‘liqlik nazariy-metodik jihatdan tahlil qilinadi. Ekologik qadriyatlarning rasmiy o‘quv mazmunidan tashqari institutsional me’yorlar, kundalik amaliyot, peda-goglarning shaxsiy namunasi va tashkiliy munosabatlar orqali shakllanish mex-anizmlari yoritiladi. Aksiologik va ekologik-tizimli yondashuvlar asosida ekologik ta’lim muhitini loyihalashning to‘rt yo‘nalishli konseptual modeli taklif etiladi. Modelning pedagogik imkoniyatlari, uni amalga oshirish shartlari va baholash indi-katorlari asoslanadi. Shuningdek, ekologik qadriyatlar bilan kundalik institutsional amaliyot o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlashga qaratilgan bosqichli mexanizm va metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari modelning nazariy-metodik ahamiyatini belgilash bilan birga, uning samaradorligini keyingi empirik tadqiqot-larda tekshirish zarurligini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar: ekologik madaniyat, bo‘lajak pedagog, yashirin o‘quv dasturi, aksiologik yon-dashuv, ekologik ta’lim muhiti, institutsional qadriyatlar, pedagogik namuna, bar-qaror kampus, ekologik mas’uliyat

PDF yuklab olish