BO‘LAJAK PEDAGOGLAR MOTIVATSION SOHASINI BOSHQARISHDA EMOTSIONAL INTELLEKTNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLARI

  • Iskandarov Nurbek — O‘zbekiston Milliy universiteti tayanch doktoranti
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 10(2)-soni
Sahifalar
284-291
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24072498

Annotatsiya

Mazkur maqolada bo‘lajak pedagoglarning emotsional intellekti, o‘zini o‘zi boshqarish xususiyatlari, kommunikativ-ijtimoiy kompetentligi hamda motivatsion sohasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik empirik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda O‘zbekiston Milliy universiteti, Navoiy davlat universiteti, Samarqand davlat uni-versiteti va Buxoro pedagogika universitetining pedagogik yo‘nalishlarida tahsil olayotgan jami 557 nafar talaba ishtirok etgan. Tadqiqotda N. Xollning emotsional intellekt testi, A.A. Rean va V.A. Yakuninning talabalar o‘quv faoliyati motivlarini o‘rganish metodikasi hamda xulq-atvorni ongli boshqarish va kommunikativ-ijtimoiy kompetentlik ko‘rsatkichlarini baholash metodikalaridan foydalanilgan. Spirman rang korrelyatsiya koeffitsiyenti asosida emotsional intellekt komponent-lari, kasbiy motivatsiya, o‘zini o‘zi boshqarish uslublari va kommunikativ-ijtimoiy kompetentlik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi munosabatlar o‘rganilgan. Natijalar emotsional xabardorlik, emotsiyalarni boshqarish, o‘z-o‘zini motivatsiyalash va empatiya bo‘lajak pedagoglarning kasbiy hamda akademik motivatsiyasi bilan uz-viy bog‘liqligini ko‘rsatadi. Shuningdek, o‘zini o‘zi boshqarishning rejalashtirish, modellashtirish, dasturlash va natijalarni baholash komponentlari kasbiy moti-vlarning shakllanishida muhim psixologik omillar sifatida namoyon bo‘lgan.

Kalit so‘zlar: emotsional intellekt, motivatsion soha, bo‘lajak pedagog, kasbiy motivatsiya, akad-emik motivatsiya, empatiya, emotsional xabardorlik, o‘zini o‘zi boshqarish, kom-munikativ kompetentlik, ijtimoiy-psixologik omillar, korrelyatsion tahlil

PDF yuklab olish