BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI TARBIYAVIY FAOLIYATGA TAYYORLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada globallashuv va ijtimoiy-madaniy transformatsiyalar sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashning ilmiy-pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Ta’lim-tarbiya jarayonining zamonaviy mazmuni, pedagogik yondashuvlar va innovatsion ta’lim texnologiyalarining rivojlanishi o‘qituvchidan nafaqat yuqori darajadagi kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarni, balki ta’lim oluvchilarning ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy va shaxsiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga tayyorlikni ham talab etishi asoslanadi. Tadqiqotda “tayyorgarlik”, “kasbiy tayyorgarlik”, “pedagogik tayyorgarlik”, “kasbiy-pedagogik tayyorgarlik” va “tarbiyaviy faoliyat” tushunchalarining mazmun-mohiyati tahlil qilinib, ularning o‘zaro aloqadorligi ochib beriladi. Shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchining tarbiyaviy faoliyatga tayyorligi integrativ kasbiy-shaxsiy holat sifatida tavsiflanib, uning motivatsion-qadriyatli, kognitiv, operatsion-amaliy, kommunikativ va refleksiv jihatlari yoritiladi. Tarbiyaviy faoliyatga tayyorgarlikni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari sifatida kompetensiyaviy va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarni uyg‘unlashtirish, nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan integratsiyalash, innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish, mustaqil loyihalash va refleksiv faoliyatni kuchaytirish hamda diagnostik mezonlarni takomillashtirish masalalari asoslab beriladi.
Kalit so‘zlar: bo‘lajak o‘qituvchi, tarbiyaviy faoliyat, kasbiy tayyorgarlik, pedagogik tayyorgarlik, kasbiy-pedagogik kompetentlik, tarbiyaviy kompetentlik, pedagogik faoliyat, tarbiyaviy faoliyatga tayyorlik, kompetensiyaviy yondashuv, innovatsion pedagogik texnologiyalar