BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA MEDIAMA’LUMOTLAR BILAN ISHLASH MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
Annotatsiya
Maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda mediama’lumotlar bilan ishlash madaniyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari nazariy-metodik jihatdan tahlil qilin-gan. Xalqaro media va axborot savodxonligi hujjatlari, oliy ta’lim uchun axborot savodxonligi konseptual doiralari hamda raqamli kompetensiya modellari qiyosiy o‘rganilib, mazkur madaniyatning kognitiv, operatsion, refleksiv, aksiologik va etik komponentlari ajratilgan. Axborotni izlash, saralash, ishonchliligini baholash, tahlil qilish, akademik va kasbiy maqsadlarda qo‘llash, akademik halollikka rioya etish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari yaxlit tizim sifatida ko‘rib chi-qilgan. Tahlil natijasida shart-sharoitlarning uch guruhi — mazmuniy, metodik va tashkiliy-pedagogik guruhlari asoslangan, shuningdek axborot ehtiyojini aniqlashdan refleksiyagacha davom etadigan to‘qqiz bosqichli pedagogik ketma-ketlik taklif etilgan. Interaktiv metodlar, keyslar, muammoli vaziyatlar, raqamli vositalar va mustaqil ta’lim topshiriqlarining o‘zaro uyg‘unligi mazkur ketma-ketlikni amalga oshirishning asosiy sharti sifatida ko‘rsatilgan. Maqolada ilgari su-rilgan yondashuv bo‘lajak o‘qituvchilar, xususan tarix o‘qituvchilari tayyorgar-ligida mediasavodxonlikni shakllantirish metodikasini takomillashtirish uchun nazariy-metodik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Kalit so‘zlar: mediama’lumot, axborot madaniyati, media savodxonlik, axborot savodxonligi, bo‘lajak o‘qituvchi, raqamli muhit, manba ishonchliligi, tanqidiy fikrlash, me-takognitiv refleksiya, akademik halollik, axborot xavfsizligi, pedagogik shart-sharoit