BO‘LAJAK MUHANDISLARNI LOYIHAVIY-KONSTRUKTORLIK FAOLIYATIGA TAYYORLASH MODELINI ISHLAB CHIQISH

  • Uzoqov Sherzod Xamidovich — Samarqand davlat pedagogika instituti mustaqil izlanuvchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 9(2)-soni
Sahifalar
217-226
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.23096827

Annotatsiya

Ushbu maqolada bo‘lajak muhandislarni loyihaviy-konstruktorlik faoliyatiga tayyorlash modelini ishlab chiqishning nazariy, metodologik va tashkiliy-metodik asoslari yoritilgan. Zamonaviy muhandislik ta’limida mutaxassisdan faqat nazariy bilimlarni egallash emas, balki texnik topshiriqni tahlil qilish, muhandislik yechimlarini ishlab chiqish, modellashtirish, hisoblash, loyihalash, natijalarni baholash va ularni amaliyotga tatbiq etish kabi kompleks faoliyatlarni mustaqil amalga oshirish talab etiladi. Shu nuqtayi nazardan, maqolada bo‘lajak muhandislarni loyihaviy-konstruktorlik faoliyatiga tayyorlash yaxlit pedagogik tizim sifatida talqin qilinib, uning maqsadli, mazmunli, jarayonli, metodik va natijaviy bloklardan tashkil topgan modeli taklif etiladi. Modelni shakllantirishda tizimli, kompetensiyaviy, faoliyatga yo‘naltirilgan, integrativ va raqamli yondashuvlarning imkoniyatlaridan foydalanilgan. Ta’lim mazmuniga CAD/CAM/CAE, PDM/PLM, raqamli modellashtirish, loyiha asosida o‘qitish, muammoli ta’lim va adaptiv ta’lim elementlarini integratsiya qilishning pedagogik imkoniyatlari asoslab berilgan. Shuningdek, bo‘lajak muhandislarning loyihaviy-konstruktorlik kompetentligini shakllantirish bosqichlari, pedagogik shart-sharoitlari, baholash mezonlari va kutilayotgan natijalari aniqlashtirilgan.

Kalit so‘zlar: bo‘lajak muhandis, loyihaviy-konstruktorlik faoliyati, pedagogik model, kompetensiyaviy yondashuv, tizimli yondashuv, faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv, CAD/CAM/CAE, PDM/PLM, loyiha asosida o‘qitish, adaptiv ta’lim, kasbiy kompetentlik.

PDF yuklab olish