BO‘LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI XODIMLARIDA KASBIY KO‘NIKMALAR DARAJASINI O‘RGANISHNING EMPIRIK XUSUSIYATLARI

  • Turopova Ma’mura Safar qizi — Iqtisodiyot va pedagogika universiteti “Pedagogika” kafedrasi dotsenti v.b.
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 11(1)-soni
Sahifalar
217-224
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24412177

Annotatsiya

Mazkur maqolada bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarida kasbiy ko‘nikmalar shakllanganlik darajasini o‘rganishning empirik xususiyatlari yoritil-gan. Kasbiy ko‘nikmalar pedagogik, kommunikativ, tashkiliy, diagnostik va re-fleksiv komponentlarning o‘zaro yaxlitligi sifatida talqin qilingan. Empirik tadqiqotda anketa so‘rovi, pedagogik kuzatuv, kompetensiyaviy topshiriqlar hamda amaliy mashg‘ulotlar tahlili kabi usullardan kompleks foydalanilgan. Tadqiqot na-tijalariga ko‘ra, talabalarning aksariyati nazariy bilimlar va ayrim amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha o‘rta hamda yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etgan. Biroq diagnostik va refleksiv ko‘nikmalarning shakllanganlik darajasi kommunikativ va tashkiliy ko‘nikmalarga nisbatan pastroq ekanligi aniqlangan.

Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, kasbiy ko‘nikma, kasbiy kompetentlik, empirik tadqiqot, tarbiyachi, pedagogik amaliyot, baholash mezonlari, refleksiya, diagnostik ko‘nikmalar, kasbiy tayyorgarlik

PDF yuklab olish