BO‘LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM PEDAGOGLARIDA KORPORATIV MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING STRATEGIK-PEDAGOGIK ASOSLARI

  • Zarifova Zabarjatxon Muxammad qizi — Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti o‘qituvchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 10(2)-soni
Sahifalar
330-338
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24413103

Annotatsiya

Mazkur maqolada bo‘lajak maktabgacha ta’lim pedagoglarida korporativ madani-yatni rivojlantirishning strategik-pedagogik asoslari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Maktabgacha ta’lim tizimining kengayishi, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari sonining ortishi, ta’lim xizmatlari sifatiga qo‘yilayotgan talablarning kuchayishi bo‘lajak pedagoglarni nafaqat kasbiy bilim va ko‘nikmalar, balki korpo-rativ madaniyatga oid kompetensiyalar bilan ham qurollantirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Tadqiqotda korporativ madaniyatning mazmuni, tarkibiy komponent-lari va uni rivojlantirishga ta’sir etuvchi pedagogik omillar o‘rganilgan. Shuningdek, qadriyatlarga asoslangan ta’lim, mentorlik, reflektiv faoliyat, vaziyatli topshiriqlar, loyiha metodlari va raqamli portfoliodan foydalanishning imkoni-yatlari asoslab berilgan. Natijada bo‘lajak maktabgacha ta’lim pedagoglarida kor-porativ madaniyatni shakllantirishga xizmat qiluvchi strategik-pedagogik yon-dashuvlar va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar: korporativ madaniyat, maktabgacha ta’lim, bo‘lajak pedagog, strategik-pedagogik yondashuv, kasbiy kompetensiya, kasbiy etika, mentorlik, refleksiya, kommu-nikativ madaniyat, pedagogik hamkorlik, raqamli portfolio

PDF yuklab olish