BO‘LAJAK KIMYO O'QITUVCHILARINI XALQARO BAHOLASH TIMSS TADQIQOTIGA TAYYORLASHDA TABIIY FANLAR SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MODELI: ISHLAB CHIQISH VA SAMARADORLIKNI TAJRIBA-SINOV ORQALI ASOSLASH
Annotatsiya
Maqolada bo'lajak kimyo o'qituvchilarini xalqaro baholash TIMSS tadqiqotiga tayyorlashda tabiiy fanlar savodxonligini rivojlantirishning to'rt komponentli (maqsadga yo'naltirilganlik, metodologik, tashkiliy-metodik, natijaviy) pedagogik modeli, uning didaktik ta'minoti (nazariy-metodologik, instrumental, amaliy-tadqiqotchi bloklar) va uch bosqichli (diagnostik, formativ, summativ) baholash konsepsiyasi tavsiflangan. Modelning ilmiy-nazariy asosi sifatida kompetensiyaviy, tizimli va faoliyatga yo'naltirilgan yondashuvlar, shuningdek o'quv faoliyati nazariyasiga oid psixologik-pedagogik qarashlar (A.N. Leontev, D.B. Elkonin, V.V. Davidov) tahlil qilingan. Modelning amaliy samaradorligini tekshirish maqsadida Navoiy davlat universiteti, Urganch va Termiz davlat pedagogika institutlarida 2023–2026 o'quv yillarida uch bosqichda (yillar kesimida alohida) 434 nafar bo'lajak kimyo o'qituvchisi ishtirokida pedagogik tajriba-sinov o'tkazildi: tajriba guruhlari ishlab chiqilgan model asosida, nazorat guruhlari an'anaviy usulda o'qitildi. Pirson xi-kvadrat (χ²) mezoni bo'yicha guruhlar o'rtasidagi farq barcha o'quv yillari va barcha uch muassasada statistik ishonchli ekanligi aniqlandi (Tkuz diapazoni 8,17–10,07; muassasalar bo'yicha o'rtacha qiymatlar 8,72–9,36; umumiy o'rtacha 9,13; kritik qiymat 7,815; p = 0,05), tajriba guruhlari nazorat guruhlaridan 16,8% yuqori o'zlashtirish darajasiga erishdi. Olingan natijalar modelning kognitiv (bilish), amaliy (qo'llash) va mulohaza yuritish komponentlarini yaxlit shakllantirishga xizmat qilishini, shuningdek uning turli institutsional sharoitlarga ko'chiriladigan (transferabel) xususiyatga ega ekanligini tasdiqladi.
Kalit so‘zlar: TIMSS xalqaro baholash tadqiqoti; tabiiy fanlar savodxonligi; pedagogik model; didaktik ta'minot; diagnostik-formativ-summativ baholash; bo'lajak kimyo o'qituvchilari; xi-kvadrat mezoni; kompetensiyaviy yondashuv