BO‘LAJAK JISMONIY TARBIYA BO‘YICHA MUTAXASSISLARNING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH
Annotatsiya
Mazkur maqolada bo‘lajak jismoniy tarbiya bo‘yicha mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishning ilmiy-nazariy va metodik asoslari yoritilgan. Jismoniy tarbiya so-hasida faoliyat yuritadigan mutaxassislarga qo‘yilayotgan zamonaviy kasbiy tal-ablar, nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, pedagogik vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish, mashg‘ulotlarni metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etish hamda raqamli ta’lim vositalaridan samarali foydalanish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, muammoli ta’lim, loyihaviy yondashuv, situatsion top-shiriqlar, mikroo‘qitish, videotahil va refleksiv faoliyatning bo‘lajak mutaxassislar kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishdagi imkoniyatlari ochib berilgan. Tadqiqot natijasida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik texnologiyalarni o‘zaro integratsiyalash asosida qo‘llashning metodik yo‘nalishlari asoslangan hamda ularni oliy ta’lim jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar: jismoniy tarbiya, kasbiy kompetensiya, bo‘lajak mutaxassis, kompetensiyaviy yon-dashuv, pedagogik texnologiya, kasbiy tayyorgarlik, muammoli ta’lim, loyihaviy ta’lim, raqamli texnologiyalar, pedagogik refleksiya