BO‘LAJAK CHAQIRIQQACHA HARBIY TA’LIM O‘QITUVCHILARINING IJTIMOIY-MADANIY KOMPETENTLIGINI BAHOLASHNING MEZONLI-DIAGNOSTIK MODELINI ISHLAB CHIQISH

  • Saidov Ixtiyor Mizrabovich — Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litsey direktori, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 11-soni
Sahifalar
59-68
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24101516

Annotatsiya

Mazkur maqolada bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchilarining ijtimoiy-madaniy kompetentligini baholashga xizmat qiluvchi mezonli-diagnostik modelni ishlab chiqishning nazariy-metodologik asoslari yoritilgan. Harbiy ta’lim tizimida pedagog kadrlarni tayyorlash jarayonida ijtimoiy-madaniy kompetentlikning o‘rni, mazmuni va tarkibiy xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, ushbu kompetent-likni baholashda motivatsion-qadriyatli, kognitiv, kommunikativ hamda faoliyat-refleksiv mezonlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari asoslangan. Har bir mezon bo‘yicha aniqlashtirilgan indikatorlar, ularni baholashga mo‘ljallangan diagnostik vositalar va kompetentlikning rivojlanish darajalarini aniqlash mex-anizmlari taklif etilgan. Diagnostik jarayonning obyektivligi, ishonchliligi va ama-liy ahamiyatini ta’minlashda kompleks baholash, ekspert tahlili, pedagogik ku-zatish, vaziyatli topshiriqlar hamda refleksiv yondashuvlarning ahamiyati ochib berilgan.

Kalit so‘zlar: ijtimoiy-madaniy kompetentlik, chaqiriqqacha harbiy ta’lim, bo‘lajak o‘qituvchi, mezonli-diagnostik model, pedagogik diagnostika, baholash mezonlari, indikatorlar, kompetensiyaviy yondashuv, kasbiy tayyorgarlik, kommunikativ kompetentlik, refleksiv faoliyat

PDF yuklab olish