BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI XALQARO BAHOLASH MEZONLARI ASOSIDA KASBIY-METODIK FAOLIYATGA TAYYORLASH
Annotatsiya
Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini xalqaro baholash me-zonlari asosida kasbiy-metodik faoliyatga tayyorlashning nazariy asoslari, ustuvor yo‘nalishlari va amaliy mexanizmlari yoritilgan. Xususan, PIRLS va TIMSS xalqaro baholash dasturlarining mazmuni, baholash tamoyillari hamda ularda belgilangan kognitiv faoliyat turlarining bo‘lajak o‘qituvchilar metodik tayyorgarligiga ta’siri tahlil qilingan. O‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish bilan bir qatorda ularni yangi vaziyatlarda qo‘llash, matnni tahlil qilish, dalillarni izohlash, mantiqiy xulosa chiqarish va muammoli vaziyatlarni hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirishda o‘qituvchining kasbiy-metodik kompetensiyasi muhim ahamiyat kasb etishi asoslangan. Shuningdek, pedagogik ta’lim jarayonida baholash savodxonligini rivojlantirish, topshiriqlarni kognitiv murakkablik darajasi bo‘yicha loyihalash, o‘quvchilar xatolarini diagnostika qilish va baholash natijalaridan keyingi peda-gogik faoliyatni takomillashtirishda foydalanish mexanizmlari taklif etilgan.
Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, bo‘lajak o‘qituvchi, kasbiy-metodik tayyorgarlik, xalqaro baholash, PIRLS, TIMSS, baholash savodxonligi, pedagogik kompetensiya, kognitiv faoliyat, formativ baholash