BLOOM TAKSONOMIYASI VA Q-MATRITSA ASOSIDA TALABALARNING KOGNITIV PROFILINI ANIQLASHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI

  • Ernazarova Nazira Xaqberdiyevna — Jizzax davlat pedagogika universiteti katta o‘qituvchi
  • Xummamatova Kamola Xayrullayevna — Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘qituvchi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari 2026-yil 8-son
Sahifalar
150-159
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.22040725

Annotatsiya

Mazkur maqolada Bloom taksonomiyasi va Q-matritsa asosida talabalarning kognitiv profilini aniqlashning didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda an’anaviy baholash tizimlarining talabalarning kognitiv faoliyatidagi individual farqlarni aniqlashdagi cheklovlari ko‘rib chiqilib, kognitiv diagnostika yondashuvining afzalliklari yoritilgan. Bloom taksonomiyasining kognitiv darajalari Q-matritsa orqali test topshiriqlari bilan bog‘lanib, talabaning bilimni eslab qolish, tushunish, qo‘llash, tahlil qilish, baholash va yaratish bosqichlaridagi o‘zlashtirish holatini aniqlash imkoniyatlari asoslangan. Shuningdek, kognitiv profil asosida differensial va shaxsiylashtirilgan ta’limni tashkil etish, individual topshiriqlarni tanlash hamda talabalarning rivojlanish dinamikasini kuzatish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Q-matritsani ishlab chiqish va validatsiya qilish bilan bog‘liq metodik masalalar ham tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar: Bloom taksonomiyasi, Q-matritsa, kognitiv diagnostika, kognitiv profil, talaba, kognitiv darajalar, differensial ta’lim, shaxsiylashtirilgan ta’lim, psixometriya

PDF yuklab olish