BIOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA XALQARO BAHOLASH TADQIQOTLARI VOSITALARIDAN FOYDALANISH

  • Xashimova Xadika Tolkunovna — Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazi “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri, dotsent
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 9(1)-soni
Sahifalar
123-130
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.22763816

Annotatsiya

Mazkur maqolada biologiya fanini o‘qitishda xalqaro baholash tadqiqotlari vositalaridan samarali foydalanishning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Xususan, o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligi, mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini baholashda xalqaro tadqiqotlarning metodik yondashuvlari tahlil qilingan. Xalqaro baholash dasturlarida qo‘llaniladigan topshiriqlarni biologiya darslariga integratsiya qilish, o‘quvchilarning bilimlarini amaliy vaziyatlarda qo‘llash qobiliyatini aniqlash hamda baholashning zamonaviy usullaridan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, xalqaro baholash tadqiqotlari vositalari asosida biologiya ta’limining mazmuni va sifatini takomillashtirish, o‘quvchilarda kompetensiyaviy yondashuvni shakllantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar: biologiya ta’limi, xalqaro baholash tadqiqotlari, PISA, TIMSS, tabiiy-ilmiy savodxonlik, kompetensiyaviy yondashuv, baholash vositalari, o‘quv topshiriqlari, tanqidiy fikrlash, mantiqiy fikrlash, amaliy ko’nikma, ta’lim sifati

PDF yuklab olish