AYOLLARNING OILAVIY MUNOSABATLARDAN QONIQISHINING PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI: TUSHUNCHA VA NAZARIY TAHLIL
Annotatsiya
Maqolada ayollarning oilaviy munosabatlardan qoniqishini belgilovchi psixologik determinantlar nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Oilaviy qoniqish real oilaviy munosabatlarning ayol ehtiyojlari, kutuvlari va qadriyatlari asosida kognitiv baholanishi bilan bog‘liq subyektiv psixologik holat sifatida talqin etiladi. Deterministik, tizimli va kognitiv yondashuvlar asosida ijtimoiy-madaniy muhit, real oilaviy munosabatlar, ehtiyoj-kutuv-qadriyatlar hamda kognitiv baholashning o‘zaro bog‘liqligi asoslanadi. Natijada ayollarning oilaviy munosabatlardan qoniqishini tushuntiruvchi interaktiv model taklif etiladi.
Kalit so‘zlar: oilaviy qoniqish, psixologik determinantlar, ayollar, oilaviy munosabatlar, ehtiyoj, kutuv, qadriyat, kognitiv baholash, emotsional yaqinlik, ijtimoiy-madaniy muhit