AVLONIY ASARLARI VOSITASIDA TALABALARDA O‘QISHGA BO‘LGAN IJOBIY MUNOSABATLARNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI

  • Oripova Ruxshona — Andijon davlat pedagogika instituti pedagogika yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 11-soni
Sahifalar
435-444
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24412782

Annotatsiya

Mazkur maqolada Abdulla Avloniyning pedagogik merosidan foydalanish asosida talabalarda o‘qishga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Xususan, mutafakkirning «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida ilgari surilgan ilm-ma’rifat, axloqiy tarbiya, mehnatsevarlik, mas’uliyat, in-tizom va shaxsiy kamolotga oid qarashlarining zamonaviy oliy ta’lim jarayonidagi pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, talabalarning o‘quv moti-vatsiyasini rivojlantirish, mustaqil ta’lim faoliyatini takomillashtirish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish hamda milliy pedagogik merosni zamonaviy ta’lim metodlari bilan uyg‘unlashtirish masalalariga e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijasida Avloniy asarlari asosida talabalarda o‘qishga ijobiy munosabatni shakllantirishning motivatsion, mazmuniy-kognitiv, faoliyatli va refleksiv-baholash bosqichlaridan iborat pedagogik mexanizmi asoslab berilgan.

Kalit so‘zlar: Abdulla Avloniy, pedagogik meros, o‘qish motivatsiyasi, ijobiy munosabat, ma’naviy-axloqiy tarbiya, kitobxonlik madaniyati, mustaqil ta’lim, pedagogik mex-anizm

PDF yuklab olish