ANDIJON GIDROLIZ ZAVODIDA ISHLAB CHIQARISH VA MEHNAT UNUMDORLIGI: 1963–1964-YILLAR ARXIV HUJJATLARI ASOSIDA
Annotatsiya
Ushbu maqolada Andijon gidroliz zavodining 1963–1964-yillardagi ishlab chiqarish faoliyati arxiv hujjatlari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda korxonaning yalpi mahsulot ishlab chiqarishi, etil spirti va furfural ishlab chiqarish hajmi, mehnat unumdorligi, o‘rtacha ish haqi, mahsulot tannarxi hamda ishlab chiqarishni texnik jihatdan takomillashtirishga qaratilgan tadbirlar yoritilgan.. Shu bilan birga, tannarx rejasining bajarilmagani, ish vaqtining yo‘qotilishi va mehnat intizomi bilan bog‘liq muammolar ham hujjatlarda aks etgan. Maqolada rasmiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bilan korxonaning ichki tashkiliy muammolari birgalikda ko‘rib chiqilib, zavod faoliyatining murakkab va ko‘p qirrali manzarasi ochib beriladi.
Kalit so‘zlar: Andijon gidroliz zavodi, gidroliz sanoati, ishlab chiqarish, mehnat unumdorligi, furfural, etil spirti, tannarx, ish haqi, mehnat intizomi, arxiv hujjatlari