AMIR TEMURNING JANUBIY QOZOG‘ISTONDA QURDIRGAN DINIY ME’MORCHILIK YODGORLIKLARI (ZIYORATGOHLAR)
Annotatsiya
Ushbu maqolada Amir Temur tomonidan Janubiy Qozog‘iston hududida barpo ettirilgan diniy me’morchilik yodgorliklari va ziyoratgohlarning tarixiy, madaniy hamda ma’naviy ahamiyati tahlil qilinadi. Xususan, Turkiston shahrida joylashgan Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasining qurilish tarixi, arxitekturasi va turkiy xalqlar madaniyatida tutgan o‘rni yoritiladi. Shuningdek, Temuriylar davridagi me’morchilik an’analari, diniy-ma’rifiy markazlarning rivojlanishi hamda mazkur yodgorliklarning bugungi kundagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot davomida tarixiy manbalar, ilmiy adabiyotlar va zamonaviy tahlil usullaridan foydalanilgan. Maqola Amir Temurning madaniy merosIni saqlash va diniy-ma’rifiy hayotni rivojlantirishdagi xizmatlarini ochib berishga qaratilgan.
Kalit so‘zlar: Amir Temur, Janubiy Qozog‘iston, Xoja Ahmad Yassaviy, maqbara, ziyoratgoh, me’morchilik, Temuriylar, madaniy meros, Turkiston, tarix