ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN KAR VA ZAIF ESHITUVCHI BOLALAR OG‘ZAKI NUTQINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan kar va zaif eshituvchi bolalar og‘zaki nutqining o‘ziga xos fonetik, leksik va grammatik xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Eshitish qobiliyatining cheklanishi natijasida nutqni tabiiy ravishda egallash jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklar, lug‘at boyligining shakllanishi, grammatik qurilmalarni o‘zlashtirish hamda tovushlar talaffuzidagi o‘zgarishlar yoritilgan. Shuningdek, bolalarning nutqiy rivojlanishida qoldiq eshitish imkoniyatlari, vizual idrok, taktil-kinestetik sezgilar va kognitiv kompensatsiya mexanizmlarining ahamiyati ochib berilgan. Og‘zaki nutqni rivojlantirish va mavjud nuqsonlarni korreksiya qilishda zamonaviy surdopedagog-ik yondashuvlar, vizual modellashtirish, fonetik ritmika hamda texnik vositalardan foydalanish imkoniyatlari asoslangan.
Kalit so‘zlar: kar va zaif eshituvchi bolalar, og‘zaki nutq, nutqiy rivojlanish, lug‘at zaxirasi, agrammatizm, talaffuz nuqsonlari, surdopedagogika, vizual idrok, qoldiq eshitish, korreksion ta’lim