ABDURAHMON JOMIYNING “SALOMON VA ABSOL” ASARIDA ILGARI SURILGAN TA’LIMIY-AXLOQIY QARASHLAR

  • Raximova Intizor Rustamovna — Urganch RANCH texnologiya universiteti dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 10(2)-soni
Sahifalar
85-91
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.23762152

Annotatsiya

Mazkur maqolada XV asr fors-tojik mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi Ab-durahmon Jomiyning “Salomon va Absol” dostonida ilgari surilgan ta’limiy-axloqiy qarashlar tahlil qilinadi. Asardagi ramziy obrazlar orqali insonning ma’naviy kamoloti, nafsni jilovlash, ilm-ma’rifatga intilish, aql va hissiyot o‘rtasidagi munosabat, iroda, adolat hamda komil inson tarbiyasi masalalari yori-tiladi. Shuningdek, podshoh va dono vazir obrazlari misolida ota-ona tarbiyasi, ustozning yo‘naltiruvchi roli va shaxsiy mas’uliyatning ahamiyati ochib beriladi. Dostonning mazmuni zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq holda tahlil qilinib, uning yosh avlodda axloqiy tafakkur, mustaqil qaror qabul qilish va ma’naviy mas’uliyatni shakllantirishdagi tarbiyaviy imkoniyatlari asoslanadi.

Kalit so‘zlar: Abdurahmon Jomiy, “Salomon va Absol”, ta’limiy-axloqiy qarashlar, axloqiy tarbiya, komil inson, nafs, ilm-ma’rifat, iroda, adolat, tasavvuf, ma’naviy kamolot

PDF yuklab olish