5-6-SINF O‘QUVCHILARINING GEOGRAFIK KOMPETENSIYALARINI «TABIIY FANLAR» TA’LIMIDAGI AMALIY VA LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH
Annotatsiya
Maqolada 5-6-sinf o‘quvchilarida geografik kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishda «Tabiiy fanlar» ta’limining didaktik imkoniyatlari hamda amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarining metodik ahamiyati tadqiq etilgan. Geografik mazmundagi bilimlarni o‘quvchining bevosita amaliy faoliyati bilan bog‘lash, geo-grafik obyekt va hodisalarni kuzatish, o‘lchash, taqqoslash, xarita va globus bilan ishlash, tajriba o‘tkazish, olingan natijalarni tahlil qilish va xulosa chiqarishga yo‘naltirilgan topshiriqlardan foydalanish masalalari yoritilgan. Amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlarini kompetensiyaviy, faoliyatga yo‘naltirilgan va tadqiqotchilik yondashuvlari asosida tashkil etishning metodik modeli taklif etil-gan. Geografik kompetensiyani rivojlantirishga xizmat qiluvchi topshiriqlarni mu-rakkablik darajasiga ko‘ra uch bosqichda loyihalash hamda baholash mezonlarini ishlab chiqishning nazariy-metodik jihatlari asoslangan. Shu asosda geografik kompetensiyaning kognitiv, amaliy, tahliliy, tadqiqotchilik va kommunikativ kom-ponentlari ajratilgan. Tadqiqot nazariy-analitik xarakterga ega; uning natijalari 5-6-sinf «Tabiiy fanlar» ta’limida geografik mazmunni amaliy faoliyat bilan inte-gratsiyalash o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, tadqiqotchilik faoliyati va geo-grafik tafakkurini rivojlantirish uchun samarali pedagogik imkoniyat yaratishini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar: tabiiy fanlar, geografik kompetensiya, geografik bilim, amaliy mashg‘ulot, labora-toriya mashg‘uloti, geografik tafakkur, xarita, globus, kuzatish, tajriba, tadqiqotchilik faoliyati, kompetensiyaviy yondashuv