1991–2026-YILLARDA O‘ZBEKISTONDA URBANIZATSIYA JARAYONLARI VA ULARNING IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTGA TA’SIRI

  • Qo‘ldoshev Vohidjon Mirzoxidjon o‘g‘li — Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar 2-son texnikumi tarix fani yetakchi o‘qituvchisi, magistrant
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 10-soni
Sahifalar
487-499
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.23310641

Annotatsiya

Maqolada 1991–2026-yillarda O‘zbekistonda urbanizatsiya jarayonlarining tarixiy bosqichlari, hududiy xususiyatlari va ijtimoiy-iqtisodiy hayotga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda tarixiy-qiyosiy, statistik tahlil, kontent-tahlil va tizimli yon-dashuv usullaridan foydalanildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida iqtisodiy o‘tish jarayonlari va demografik omillar shaharlarning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgani, keyingi davrlarda esa xizmatlar sohasi, qurilish, ichki migratsiya va ma’muriy-hududiy o‘zgarishlar urbanizatsiya dinamikasini shakllantirgani yoritiladi. 2017-yildan keyingi shaharsozlik siyosati, uy-joy qurilishi va infratuzilma loyihalarining aholi joylashuvi hamda hududiy rivojlanishga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Toshkent vi-loyati va Yangiyo‘l shahri misolida urbanizatsiyaning bandlik, ta’lim, transport va kommunal infratuzilmaga ta’siri ochib beriladi. Shuningdek, barqaror urbanizatsi-yani ta’minlash, kichik va o‘rta shaharlarni rivojlantirish hamda kasb-hunar ta’limini hududiy mehnat bozori ehtiyojlariga moslashtirish bo‘yicha takliflar ish-lab chiqiladi.

Kalit so‘zlar: urbanizatsiya, shaharlashuv, ichki migratsiya, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, sha-harsozlik, Toshkent aglomeratsiyasi, Yangiyo‘l shahri, kasb-hunar ta’limi, hududiy rivojlanish

PDF yuklab olish