13–18 YOSHLI FUTBOLCHILARDA NEYRODINAMIK VA SENSOMOTOR KO‘RSATKICHLARNING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada 13 va 18 yoshli futbolchilarning neyrodinamik hamda sensomo-tor ko‘rsatkichlari qiyosiy tahlil qilindi. Tadqiqotda 13 yoshli 21 nafar va 18 yoshli 23 nafar futbolchi ishtirok etdi. Psixofiziologik diagnostika “Multipsixometr-05” apparat-dasturiy majmuasi yordamida amalga oshirildi. Tepping testi, muvozanat testi, nerv jarayonlarining funksional harakatchanligi va oddiy ko‘rish-motor reaksiyasi ko‘rsatkichlari baholandi. Natijalar mediana, quyi va yuqori kvartillar asosida umumlashtirilib, diagnostik metodikada ko‘rsatilgan optimal intervallar bi-lan taqqoslandi. Tavsifiy tahlilda 18 yoshli futbolchilarda tegish chastotasi, nerv ja-rayonlari dinamikligi, chegaraviy tezlik va oddiy sensomotor reaksiya latentligi bo‘yicha optimal intervalga yaqinroq qiymatlar kuzatildi.
Kalit so‘zlar: futbolchilarni saralash, psixofiziologik diagnostika, neyrodinamika, sensomotor reaksiya, tepping testi, nerv jarayonlarining funksional harakatchanligi, Multipsix-ometr-05