ZAMONAVIY MUHANDISLIK TA’LIMIDA TEXNOLOGIYA FANI O‘QITUVCHISINING ROLI VA KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH MASALALARI
Annotatsiya
Maqolada zamonaviy muhandislik ta’limini rivojlantirish sharoitida texnologiya fani o‘qituvchisining o‘rni, kasbiy faoliyatining mazmuni hamda o‘quvchilarda muhandislik kompetensiyalarini shakllantirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, texnologik ta’limni modernizatsiya qilish, raqamli texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish, loyiha asosida o‘qitish va STEAM yondashuvining pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida texnologiya fani o‘qituvchisining zamonaviy kasbiy kompetensiyalari aniqlashtirilib, o‘quvchilarda konstruktiv, texnik, loyihalash va kreativ fikrlashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik yondashuvlar asoslangan.
Kalit so‘zlar: muhandislik ta’limi, texnologik ta’lim, kasbiy kompetensiya, innovatsion pedagogika, texnologiya fani, loyihalash, kreativ fikrlash, raqamli texnologiyalar, STEAM ta’limi