TALABALARNING TEXNOLOGIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TA’LIM JARAYONIGA TATBIQ ETISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalarning texnologik tafakkurini rivojlantirish metodikasini ta’lim jarayoniga tatbiq etishning pedagogik va metodik asoslari yoritilgan. Texnologik tafakkurning mazmun-mohiyati, tarkibiy komponentlari, uni rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari hamda metodik bosqichlari tahlil qilingan. Ta’lim jarayonida muammoli ta’lim, loyihaviy yondashuv, modellashtirish, interfaol metodlar va raqamli texnologiyalardan foydalanishning didaktik imkoniyatlari asoslab berilgan. Shuningdek, talabalarning mustaqil fikrlashi, muammoli vaziyatlarni tahlil qilishi, texnologik jarayonlarni loyihalashi va innovatsion yechimlarni ishlab chiqish qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik yondashuv taklif etilgan. Texnologik tafakkurni rivojlantirish jarayonini diagnostik, motivatsion-kognitiv, loyihalash-modellashtirish, amaliy faoliyat hamda refleksiv-baholash bosqichlari asosida tashkil etishning ahamiyati ochib berilgan.
Kalit so‘zlar: texnologik tafakkur, oliy ta’lim, texnologik kompetensiya, innovatsion ta’lim, loyihaviy faoliyat, raqamli texnologiyalar, muammoli ta’lim, modellashtirish, mustaqil fikrlash, kasbiy tayyorgarlik