OLIY TA’LIMDA IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA SHARQ MUTAFAKKIRLARINING ILMIY MEROSIDAN FOYDALANISH METODIKASI

  • Xuramova Ungaloy Xolboyevna — O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 11(1)-soni
Sahifalar
444-451
Nashr sanasi

Annotatsiya

Maqolada oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish jarayonida Sharq mutafakkirlarining ilmiy, falsafiy va ma’naviy merosidan samarali foydalanish-ning pedagogik hamda metodik asoslari yoritilgan. Abu Nasr Forobiy, Alisher Navoiy, Imom Buxoriy, Yusuf Xos Hojib va Abdulla Avloniy asarlaridagi ilmiy-axloqiy qa-rashlarni zamonaviy ta’lim mazmuni bilan uyg‘unlashtirish imkoniyatlari tahlil qilin-gan. O‘zbekiston Milliy universitetida tahsil olayotgan 120 nafar talaba ishtirokida tashkil etilgan pedagogik kuzatuvlar asosida mutafakkirlar merosini jamoaviy izlanish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, ilmiy munozara va amaliy topshiriqlar orqali o‘rganish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, talabalarning mustaqil fikrlashi, axbo-rotlarni tanqidiy baholashi, kasbiy-axloqiy dunyoqarashi va ma’naviy kamolotini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik yondashuvlar asoslangan.

Kalit so‘zlar: oliy ta’lim, ijtimoiy-gumanitar fanlar, Sharq mutafakkirlari, ilmiy meros, ma’naviy-axloqiy tarbiya, mustaqil fikrlash, tanqidiy tafakkur, pedagogik metodika, innovatsion ta’lim, ma’rifat

PDF yuklab olish