KON GEOLOGIYASI FANIDA QATLAMLI KALIY-TUZ KESIMLARINI MODELLASHTIRISH ORQALI TALABALARNING TADQIQOT KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH

  • Rabbimov Jaxongir Shodmonkulovich — Qarshi davlat texnika universiteti “Geologiya va konchilik ishi” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 11(1)-soni
Sahifalar
149-157
Nashr sanasi

Annotatsiya

Kon geologiyasi fanini o‘qitishda qatlamli evaporit kesimlarini tayyor formulalar asosida o‘rganish talabalarning geologik dalillarni mustaqil tahlil qilish, hisoblash shartlarini farqlash va qo‘llanilayotgan modellarning chegaralarini anglash ko‘nikmalarini yetarli darajada rivojlantirmaydi. Mazkur maqolada litologik qatlamlanish va elastiklik xususiyatlarini soddalashtirilgan hisobiy modellashtirish asosida talabalarning tadqiqot kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik yondashuv ishlab chiqilgan. Tadqiqotda ilmiy manbalarni tahlil qilish, konstruktiv muvofiqlashtirish, muammoli ta’lim, Voigt–Reuss hisobiy chegaralaridan foydalanish hamda mezonlarga asoslangan analitik baholash usullari qo‘llanilgan. Natijada K1–K5 shaklida beshta tadqiqot kompetensiyasi, 90 daqiqalik amaliy mashg‘ulot modeli, 100 ballik baholash rubrikasi va ikkita shartli geologik ssenariy asosida qayta hisoblanadigan o‘quv topshiriqlari ishlab chiqilgan. Hisobiy keys natijalariga ko‘ra, zaif qatlamning modeldagi ulushi 20 foizdan 40 foizga oshirilganda Reuss bo‘yicha hisoblangan elastiklik moduli 2,55 GPa dan 1,97 GPa gacha kamayishi aniqlangan. Taklif etilgan metodika talabalarning geologik ma’lumotlarni tahlil qilish, hisobiy modellarni tanqidiy baholash, noaniqliklarni aniqlash va dalillarga asoslangan xulosalar chiqarish kompetensiyalarini baholashga xizmat qiladi. Metodikaning peda-gogik samaradorligi real talabalar guruhida o‘tkaziladigan tajriba-sinov orqali kelgusida tekshirilishi lozim.

Kalit so‘zlar: kon geologiyasi, tadqiqot kompetensiyalari, kompetensiyaviy yondashuv, geologik modellashtirish, muammoli ta’lim, qatlamli litologik kesim, Voigt–Reuss modeli, baholash rubrikasi

PDF yuklab olish