ZAMONAVIY TA’LIM SHAROITIDA O‘QITUVCHI PEDAGOGIK MAHORATINI OSHIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

  • Orifjonova Lobar Azamatovna — Samarqand davlat universiteti 2-kurs magistranti

Sahifalar: 528-531

Annotatsiya

Mazkur maqolada zamonaviy axborotlashgan ta’lim tizimida o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik mahoratini rivojlantirishning psixologik determinantlari va shaxsiy sifatlar dinamikasi tadqiq etiladi. Muallif pedagogning kommunikativ madaniyati, emotsional intellekti, empatiya ko‘rsatish qobiliyati, kasbiy refleksiyasi hamda auditoriyadagi nizoli vaziyatlarni konstruktiv hal qilish malakasining o‘quv jarayoni sifatiga ta’sirini tahlil qiladi. O‘qituvchilarda surunkali psixoemotsional zo‘riqish va kasbiy "yonish" (burnout) sindromining oldini olish mexanizmlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Dars jarayonini interfaol metodlar bilan boyitish, ijodiy pedagogik tafakkurni o‘stirish va kasbiy o‘zini o‘zi rivojlantirishga qaratilgan amaliy psixologik dasturlar taqdim etiladi.

Kalit so‘zlar: pedagogik mahorat, zamonaviy ta’lim, o‘qituvchi psixologiyasi, emotsional intellekt, kasbiy yonish, pedagogik muloqot, refleksiya, kasbiy kompetensiya, stressga chidamlilik, innovatsion pedagogika

PDF yuklab olish