YOSH OTA-ONALARDA YOLG‘IZLIK HISSINI BELGILOVCHI PSIXOLOGIK INDIKATORLAR
Sahifalar: 402-405
Annotatsiya
Ushbu maqolada yosh ota-onalar, xususan, chaqaloqli bo‘lgan davrda onalar va otalar o‘rtasida yuzaga keladigan ijtimoiy-psixologik yolg‘izlik hissi va uning asosiy determinantlari ilmiy tahlil etiladi. Muallif yangi ijtimoiy rollarga moslashishdagi qiyinchiliklar, do‘stona va kasbiy muhitdan vaqtincha uzilish, emotsional charchoq hamda turmush o‘rtog‘i tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yetishmasligi kabi omillarni o‘rganadi. Yosh ota-onalarda yolg‘izlik holatini aniqlovchi asosiy psixologik indikatorlar tizimi ishlab chiqilib, ularning ruhiy salomatligini saqlash, oiladagi hissiy yaqinlikni ta’minlash va depressiv holatlarni oldini olish bo‘yicha psixologik maslahat choralari bayon qilingan.
Kalit so‘zlar: yosh ota-onalar, yolg‘izlik hissi, psixologik indikatorlar, ijtimoiy adaptatsiya, emotsional charchoq, ota-onalik roli, oilaviy qo‘llab-quvvatlash, psixologik zo‘riqish, perinatal psixologiya, ruhiy salomatlik