UMUMIY O‘RTA TA’LIM TASHKILOTLARIDA PEDAGOGIK MONITORING VA QAYTA ALOQA ASOSIDA BOSHQARUV QARORLARINI TAKOMILLASHTIRISH

  • Umarov Baxodir Aripovich — A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti yetakchi mutaxassisi, 13.00.07 — “Ta’limda menejment” ixtisosligi bo‘yicha mustaqil tadqiqotchi

Sahifalar: 266-270

Annotatsiya

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagogik monitoring va qayta aloqa mexanizmlari asosida boshqaruv qarorlarini takomillashtirish masalalari yoritiladi. Ta’lim jarayonining sifatini muntazam kuzatish, o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish hamda pedagogik faoliyat natijalarini baholashning boshqaruv samaradorligidagi o‘rni ochib beriladi. Shuningdek, monitoring natijalaridan oqilona foydalanish, pedagoglar va rahbariyat o‘rtasida samarali qayta aloqani yo‘lga qo‘yish hamda aniqlangan muammolar asosida asosli boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Kalit so‘zlar: pedagogik monitoring, qayta aloqa, boshqaruv qarorlari, umumiy o‘rta ta’lim, ta’lim sifati, ta’lim menejmenti, pedagogik tahlil, samaradorlik, baholash mezonlari, boshqaruv mexanizmlari

PDF yuklab olish