TA’LIM MUHITIDA PSIXOLOGIK XIZMATNING RAQAMLI TRANSFORMATSIYASI VA PSIXOLOGIK XAVFSIZLIK
Sahifalar: 206-209
Annotatsiya
Maqolada zamonaviy ta’lim muhitida psixologik xizmatni raqamlashtirish jarayonlari va psixologik xavfsizlikni ta’minlash masalalari yoritiladi. Raqamli texnologiyalardan psixologik maslahat, diagnostika, monitoring va profilaktik tadbirlarni tashkil etishda foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ta’lim oluvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish, raqamli muloqot madaniyatini shakllantirish, kiberbullingning oldini olish hamda qulay psixologik muhitni yaratish masalalariga e’tibor qaratiladi. Psixologik xizmat samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar asoslanadi.
Kalit so‘zlar: psixologik xizmat, raqamli transformatsiya, ta’lim muhiti, psixologik xavfsizlik, raqamli texnologiyalar, psixologik diagnostika, onlayn maslahat, shaxsiy ma’lumotlar, kiberbulling, raqamli savodxonlik