TA’LIM JARAYONIDA SAVOL-TOPSHIRIQLAR ORQALI BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING TANQIDIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH
Sahifalar: 465-469
Annotatsiya
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda maqsadli tuzilgan savol va topshiriqlardan foydalanishning pedagogik mexanizmlari tahlil qilinadi. Muallif Blum taksonomiyasi asosida oddiy reproduktiv savollardan murakkab, tahliliy va baholovchi muammoli topshiriqlarga o‘tishning ta’limiy samarasini o‘rganadi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda mustaqil xulosa chiqarish, fakt va fikrni ajratish hamda mantiqiy xulosalash qobiliyatini o‘stirish usullari ochib berilgan. Dars jarayonida o‘quvchilarning fikrlash faolligini oshirishga yo‘naltirilgan amaliy didaktik savol-topshiriqlar to‘plamini loyihalash bo‘yicha metodik tavsiyalar ilgari suriladi.
Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, tanqidiy fikrlash, savol-topshiriqlar, muammoli ta’lim, mantiqiy tafakkur, Blum taksonomiyasi, bilish faolligi, pedagogik texnologiyalar, mustaqil fikrlash, didaktika