TA’LIM JARAYONIDA ATTRAKTOR TUSHUNCHASI VA UNING PEDAGOGIK TALQINI
Sahifalar: 370-373
Annotatsiya
Ushbu maqolada sinergetik yondashuvning muhim tushunchalaridan biri bo‘lgan attraktor kategoriyasi va uning zamonaviy ta’lim tizimidagi pedagogik talqini keng yoritiladi. Muallif ta’lim jarayonini o‘zini o‘zi tashkil qiluvchi murakkab, noaniq tizim sifatida ko‘rib chiqib, o‘quv faoliyatining yakuniy natijalari, ta’limiy maqsadlar va shaxsiy rivojlanish vektorlarining attraktorlik xususiyatlarini ilmiy jihatdan tahlil qiladi. Dars jarayonida pedagogik attraktorlarni to‘g‘ri loyihalash o‘quvchilarning bilish faolligini maqsadli yo‘naltirish, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishi asoslab berilgan hamda tegishli metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar: attraktor, sinergetika, pedagogik talqin, o‘zini o‘zi tashkil qilish, notekis rivojlanish, zamonaviy ta’lim, ta’lim trayektoriyasi, bilish faoliyati, pedagogik tizim, integratsion yondashuv