SUN’IY INTELLEKTLI TA’LIM MUHITI SHAROITIDA YUQORI SINF O‘QUVCHILARINING INGLIZ TILI BO‘YICHA O‘QUV MOTIVATSIYASINI RIVOJLANTIRISH
Sahifalar: 293-297
Annotatsiya
Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalari bilan boyitilgan ta’lim muhitida yuqori sinf o‘quvchilarining ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini rivojlantirish masalalari yoritiladi. Sun’iy intellekt asosidagi ta’lim platformalari, moslashtirilgan topshiriqlar, interaktiv mashqlar va avtomatlashtirilgan qayta aloqaning o‘quv jarayonidagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini hisobga olish, mustaqil ta’limni qo‘llab-quvvatlash, til o‘rganishga qiziqishni oshirish va o‘zlashtirish natijalarini yaxshilashda raqamli vositalarning o‘rni ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, ta’lim muhiti, ingliz tili, o‘quv motivatsiyasi, yuqori sinf o‘quvchilari, raqamli ta’lim, moslashtirilgan ta’lim, interaktiv mashqlar, mustaqil ta’lim, qayta aloqa