SHAXS DESTRUKTIV XULQINI BARTARAF ETISH VA PSIXOLOGIK FAROVONLIGINI TA’MINLASHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI
Sahifalar: 252-256
Annotatsiya
Maqolada shaxs destruktiv xulq-atvorining yuzaga kelishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar va uni bartaraf etish mexanizmlari tahlil qilinadi. Destruktiv xulqning shakllanishida oilaviy munosabatlar, ijtimoiy muhit, hissiy zo‘riqish, shaxslararo nizolar va individual psixologik xususiyatlarning o‘rni yoritiladi. Shuningdek, psixologik profilaktika, individual maslahat, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va korreksion dasturlarning ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Shaxsning o‘zini anglashini rivojlantirish, ijobiy xulq-atvorni shakllantirish va psixologik farovonligini mustahkamlashga qaratilgan yondashuvlar asoslanadi.
Kalit so‘zlar: destruktiv xulq-atvor, psixologik farovonlik, ijtimoiy-psixologik mexanizmlar, xulq-atvor korreksiyasi, psixologik profilaktika, ijtimoiy muhit, shaxslararo munosabatlar, psixologik maslahat, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shaxs rivojlanishi