RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA PSIXOLOGIK XIZMAT KO‘RSATISHNING INNOVATSION USULLARI VA PSIXODIAGNOSTIK INTERFAOL TEXNOLOGIYALAR

  • SOBIROVA LOBAR RAHIMOVNA — Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi

Sahifalar: 563-566

Annotatsiya

Mazkur maqola raqamlashtirish sharoitida ta’lim muassasalarida amaliy psixologik xizmat faoliyatini transformatsiyalash, innovatsion konsultatsiya usullari hamda interfaol psixodiagnostik texnologiyalardan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan. Tadqiqotda masofaviy psixologik monitoring tizimlari, raqamlashtirilgan test majmualari, gamifikatsiyalashgan diagnostik platformalar va virtual korreksion vositalarning afzalliklari va cheklovlari har tomonlama baholanadi. Ta’lim oluvchilarning ruhiy-emotsional holatini tezkor aniqlash, konfidensiallikni ta’minlash hamda o‘quv jarayoni ishtirokchilariga o‘z vaqtida manzilli psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy texnologik model va amaliy tavsiyalar ilgari suriladi.

Kalit so‘zlar: raqamli ta’lim muhiti, psixologik xizmat, innovatsion usullar, interfaol psixodiagnostika, onlayn konsultatsiya, gamifikatsiya, psixologik monitoring, konfidensiallik, raqamli texnologiyalar, korreksiya

PDF yuklab olish