RAQAMLI PSIXOLOGIK XIZMAT SHAROITIDA YOSHLAR VATANPARVARLIGINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
Sahifalar: 435-440
Annotatsiya
Mazkur maqolada raqamli transformatsiya davrida psixologik xizmat ko‘rsatishning yangi formatlari orqali yoshlar ongida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish va rivojlantirishning psixologik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Muallif onlayn platformalar, mobil psixologik ilovalar va interaktiv vositalarning yosh avlod ijtimoiy-madaniy o‘zligini anglashidagi o‘rnini o‘rganadi. Milliy qadriyatlarni targ‘ib qilishda virtual psixologik metodikalarning samaradorligi, yoshlarning internet tarmog‘idagi destruktiv g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetini mustahkamlash mexanizmlari ilmiy asoslangan. Tadqiqotda raqamli muhitda samarali psixologik-tarbiyaviy dasturlarni ishlab chiqish hamda yoshlar faolligini oshirish yuzasidan amaliy tavsiyalar taqdim etiladi.
Kalit so‘zlar: raqamli psixologik xizmat, yoshlar vatanparvarligi, milliy o‘zlikni anglash, raqamli texnologiyalar, mafkuraviy immunitet, psixologik ta’sir, yoshlar psixologiyasi, ijtimoiy moslashuv, tarbiyaviy muhit, interaktiv metodlar