RAQAMLI GAMIFIKATSION MUHIT ORQALI BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING INNOVATSION TA’LIM KO‘NIKMALARINI TAKOMILLASHTIRISH
Sahifalar: 398-401
Annotatsiya
Mazkur maqola oliy pedagogik ta’lim tizimida zamonaviy raqamli gamifikatsion muhitdan foydalanish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarning innovatsion pedagogik ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan. Tadqiqotda o‘quv jarayoniga o‘yin mexanikalari, vizual topshiriqlar, reyting tizimlari va raqamli platformalarni tatbiq etish orqali talabalarning kasbiy motivatsiyasi va ijodiy yondashuvlarini kuchaytirish imkoniyatlari ochib beriladi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning multimediaviy vositalarni darslarda samarali qo‘llash, interfaol o‘quv stsenariylarini loyihalash hamda o‘quvchilarni zamonaviy vositalar yordamida faollashtirish bo‘yicha kompetensiyalarini shakllantirish mexanizmlari ilmiy asoslangan.
Kalit so‘zlar: raqamli gamifikatsiya, bo‘lajak pedagoglar, innovatsion ta’lim, raqamli muhit, pedagogik ko‘nikmalar, interfaol texnologiyalar, o‘yin metodlari, kasbiy kompetensiya, multimedia, ta’lim samaradorligi