QISQA VIDEOLAR, DIQQAT VA IMPULSIVLIK: RAQAMLI KONTENTNING O‘SMIRLAR PSIXOLOGIYASIGA TA’SIRI
Sahifalar: 544-549
Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy ijtimoiy tarmoqlardagi qisqa formatli videolar (Reels, TikTok, Shorts) iste’molining o‘smirlar bilish faoliyati, xususan, diqqat xususiyatlari va impulsiv xulq-atvoriga ko‘rsatadigan salbiy hamda ijobiy ta’sirlari tahlil qilinadi. Muallif doimiy vizual stimulatsiyaning "klipcha tafakkur", diqqatning bo‘linishi, ixtiyorsiz diqqatning ustunligi hamda dopaminerjik rag‘batlantirish tizimiga bog‘liqlik uyg‘otish mexanizmlarini yoritadi. Raqamli kontent oqimining o‘smirlarda o‘z-o‘zini nazorat qilish qobiliyatini susaytirishi, o‘qishga konsentratsiyani pasaytirishi va affektiv impulsivlikni kuchaytirishi empirik ma’lumotlar vositasida asoslangan. O‘smirlarda raqamli gigiyena madaniyatini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar: qisqa videolar, o‘smirlar psixologiyasi, diqqatning buzilishi, impulsivlik, klipcha tafakkur, raqamli gigiyena, dopamin qaramligi, axborot oqimi, kognitiv jarayonlar, o‘z-o‘zini nazorat qilish