OILA MUHITINING BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI PSIXOLOGIK FAROVONLIGIGA TA’SIRI
Sahifalar: 246-248
Annotatsiya
Mazkur maqolada oila muhitining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari psixologik farovonligiga ta’siri psixologik-pedagogik nuqtayi nazardan o‘rganiladi. Oiladagi o‘zaro munosabatlar, ota-onalarning tarbiyaviy yondashuvlari, hissiy qo‘llab-quvvatlash va muloqot madaniyatining bolaning ruhiy holati hamda shaxsiy rivojlanishidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, oilaviy nizolar, e’tiborsizlik va ortiqcha talablarning o‘quvchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi hamda maktabga moslashuviga ta’siri yoritiladi. Bola farovonligini ta’minlashda oila va maktab hamkorligini mustahkamlash yo‘llari bayon etiladi.
Kalit so‘zlar: oila muhiti, psixologik farovonlik, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, oilaviy munosabatlar, ota-onalar tarbiyasi, hissiy qo‘llab-quvvatlash, bola shaxsi, maktabga moslashuv, oilaviy nizolar, oila va maktab hamkorligi